Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Bo'lim boshlig'i: Berdiyeva Fotima Iskandar qizi
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Berdiyeva Fotima Iskandar qizi
Email:
111700, Toshkent viloyati, Chirchiq sh,
A.Temur ko’chasi, 104-uy
Xalqaro hamkorlik bo‘limi vazifalari:
universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik sohasida universitet bo‘limlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’maklashish;
xalqaro hamkorlik sohasi bo’yicha ma’lumot va maslahat xizmatlarini ko'rsatish;
universitet bo'limlari va tadbirlar o'rtasidagi yozishmalarni xorijiy tillar asosida qo'llab-quvvatlash.
Faoliyat yo’nalishlari:
1. Akademik mobillik
CHDPU talabalarini xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga talabalar almashinish doirasida yuborish va chet el talabalarini CHDPUda stajirovkasini tashkil etish;
akademik harakatchanlik dasturi bo'yicha talabalarga maslahat berish
2. Xorijiy fuqarolar
Universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar to'g'risidagi ma'lumotlarni tizimlashtirish;
Xorijiy talabalar uchun viza rasmiylashtirish, konferensiya qatnashchilari uchun taklif va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;
3. Xorijiy fuqarolarga taalluqli huquqiy asoslarni o'rganish (ta'lim, migratsiya rejimi);
4. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tayyorlash;
5. Universitetning xalqaro aloqalari va xalqaro faoliyatini tahlil qilish;
6. Xorijiy tilni qo'llab-quvvatlash, yozishmalar olib borish (xalqaro bo'lim faoliyati doirasida va tarkibiy bo'linmalarning talabiga binoan);
7. Chet el delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etish.