Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Bugun Pedagogika fakultetimizda milliylikni tarannum etuvchi ajoyib chellenj — Milliy liboslar kuni boʻlib oʻtdi! 🌸
Talabalarimiz va oʻqituvchilarimiz oʻzbek milliy liboslarida nafislik va goʻzallikni namoyon etishdi. Har bir libosda xalqimizning boy tarixi, madaniyati va anʼanalari aks etdi.
Ushbu chellenj bizni oʻzligimizni, milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglashga, yosh avlodga o‘zbekona urf-odatlarimizni yetkazishga xizmat qildi.
Barchaga ishtiroki uchun katta rahmat! Milliylikni qadrlaylik, avlodlarga yetkazaylik!