Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetimizning latofatli, ezgu orzular sari intiluvchi talaba-qizlari uchun tantanali tabrik yo‘llandi!
Universitetimiz rektori, O‘zbekiston fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Muxamedov Gafurdjan Isroilovich o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, ayollar nafosati va ilm-ma’rifat uyg‘unligi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini alohida ta’kidladi.
Siz, aziz ayol-qizlar – jamiyatimizning gultoji, mehr va ilhom manbaisiz! 🌺 Sizning bilimga, ijodga, ezgulikka bo‘lgan ishtiyoqingiz har doim porlasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐🎊