Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Chirchiq davlat pedagogika universitetida oʻquv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyiga qadar davom etadi (02.09-30.06). Oʻquv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda va qaysi ta’lim turida tahsil olinishiga koʻra turlicha boʻladi. Bakalavr bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi – 2 yil, Doktorantura bosqichi (PhD yoki DSc) – 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yoʻnalishdan kelib chiqib oʻquv jarayoni davomiyligi belgilanadi). Ta’limning kechki va sirtqi (maxsus sirtqi) turi ham taklif etiladi.
Bizning universitetda barcha yoʻnalishlarda oʻqish jarayoni kunduzgi va kechki shaklda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar oʻqishga suhbat asosida qabul qilinadi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetda tahsil olish xorijiy fuqarolar tanlovga qarab oʻzbek va rus tillarida amalga oshiriladi, shu sababli nomzodlardan oʻzbek yoki rus tillarini mukammal darajada bilishlari talab qilinadi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan normalar asosida xorijiy fuqarolarini oʻqishga kabul kiladi.
Xorijiy fuqarolardan quyidagi hujjatlarni universitetning Xalqaro hamkorlik boʻlimiga taqdim etishlari talab qilinadi:
• ChDPUda oʻqish uchun ariza;
• Chet el fuqarolari uchun moʻljallangan soʻrovnoma;
• Qoʻlga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringizni soʻraladi:
Bakalavriatura bosqichiga: oʻrta yoki oʻrta maxsus ta'limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat);
Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat;
Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi.
• Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy roʻyhati (Doktorantura bosqichi va amaliy oʻquv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun)
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar bilan tuzilgan oʻzaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.