Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan normalar asosida xorijiy fuqarolarini oʻqishga kabul kiladi.
Xorijiy fuqarolardan quyidagi hujjatlarni universitetning Xalqaro hamkorlik boʻlimiga taqdim etishlari talab qilinadi:
• ChDPUda oʻqish uchun ariza;
• Chet el fuqarolari uchun moʻljallangan soʻrovnoma;
• Qoʻlga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringizni soʻraladi:
Bakalavriatura bosqichiga: oʻrta yoki oʻrta maxsus ta'limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat);
Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat;
Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi.
• Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy roʻyhati (Doktorantura bosqichi va amaliy oʻquv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun)
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar bilan tuzilgan oʻzaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.
Qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda. orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.
Biz xorijiy fuqarolarni suhbat asosida oʻqishga kabul kilamiz:
Oʻqishga qabul qilish uchun shartnoma xulosasi
Chirchiq davlat pedagogika universitetda tahsil olish uchun shartnoma suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Turar joy uchun roʻyhatdan oʻtish hamda viza olish jarayoni
Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik roʻyhatdan oʻtkazish oliy ta'lim muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi bilan oʻzaro kelishuvi asosida Oʻzbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning oʻz davlatida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi yoki Konsullik idorasi tomonidan yoki Toshkentdagi xalqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.