Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Bugun, 31-oktabr kuni Pendidikan universiteti (Indoneziya) professori janob J.Julia Pedagogika fakultetiga tashrif buyurdi.
Taniqli olimni Pedagogika fakulteti dekani Jabbor Usarov va fakultet tasarrufidagi kafedra mudirlari kutib oldi va kafedralar faoliyati bilan tanishtirdi.
Muloqot chog‘ida Pedagogika fakulteti va Indoneziya universitetlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, xususan, Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yangi metodlarda amalga oshrish, kafedralar ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni keng doirada fikrlashini shakllantirish uchun ma’ruzalar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va ta’limni integratsiyalashtirish, bu orqali har ikkala tomon manfaatlarini xalqaro formatlarda rivojlantirishdan iborat.