Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
KAFEDRA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Tashkil etilgan yil: 2022Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, A.Temur ko‘chasi 104-uy, Bosh bino, 412-xona
Kafedra 2022 yili 28 avgustda “Pedagogika va menejment” nomidan “Pedagogika” nomiga o‘zgartish kiritildi va alohida kafedra sifatida ish yuritishni boshladi. Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qiruvchilari tomonidan bakalavriat 60110100-Pedagogika va 60110100-Pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari uchun kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shaklida, shuningdek magistratura 70110101-Pedagogika nazariyasi va tarixi va 70110102-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan darslar tashkil etib kelinmoqda.KAFEDRANING MAQSADI VA VAZIFALARI Kafedraning missiyasi: Pedagogika kafedrasining missiyasi – zamonaviy ta’lim tamoyillariga asoslangan holda yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, innovatsion ta’lim texnologiyalarini tadqiq etish va amaliyotga joriy etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.Maqsadlarimiz:ü Ta’lim jarayonini metodik jihatdan takomillashtirish: Pedagogika kafedrasi, ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish, pedagogik texnologiyalarni innovatsion usullar bilan birlashtirish va ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondoshuvlarni joriy etish orqali talabalarning bilim olish jarayonini sifat jihatidan yaxshilash;ü Professional pedagogik malakani oshirish: Pedagogika kafedrasi, professor-o'qituvchilar va talabalarning professional tayyorgarligini takomillashtirish, ularni yangi pedagogik nazariyalar va amaliyotlar bilan tanishtirib, ta'lim sohasidagi eng so'nggi yutuqlarni o'zlashtirishda yordam berishni maqsad qilgan.
ILMIY-TADQIQOT YO‘NALISHLARI VA LOYIHALAR
Chirchik davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” fakulteti “Pedagogika” kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha ustuvor ilmiy yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilab olingan:1. Kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalardan iborat “Pedagogik ta’limda innovatsion klaster” dasturiga muvofiq “Zamonaviy ta’lim-tarbiyaning pedagogik-psixologik asoslari” kafedra loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib amalga oshiriladi.2. “Bugundan pedagog” loyihasi doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarda reprezentativ tizimlarni shakllantirish, universitetning mahalliy va xalqaro reytingdagi o‘rnini oshirishga, ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shiladi. Shuningdek, talabalarni individual yondashuv asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish ishlarni olib boriladi, ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi.3. Iqtidorli yoshlarni aniqlab ularga yuqori natijalarga erishgan malakali ilmiy darajali professor o‘qituvchilarni biriktirgan holda, talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatga individual yondashuvli rahbarlik amalga oshiriladi.4. Kafedrada faoliyat olib borayotgan еtakchi professor-o‘qituvchilar talabalarda ta’limiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish ishlariga jalb etish seminar-treninglar, pedagogik mahorat mashg‘ulotlari tashkil etiladi.Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi: Samarador tarbiya klasterini ilmiy asoslash va keng joriy qilish