Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
KAFEDRA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Bosh bino, 409-xona. Psixologiya kafedrasi 2017-yil 27-avgustda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Kengashining 1-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Ilgari “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. Bugungi kunda kafedra psixologiya yo‘nalishlari uchun mutaxassislik fanlarini o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
Kafedraning missiyasi: Psixologiya kafedrasining asosiy vazifasi talabalarning psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.Kafedra strategiyasi: Inson kapitalini shakillantirishning ijtimoiy psixologik omillari. Mazkur strategiyada Oliy ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini takomillashtirish mezonlari, inson aqliy qobiliyatini, ilmiy quvvatini, iste’dodini yanada rivojlantirish uchun zukkolik, fahm tezligi, zehn o‘tkirligi, bilimni tez egallash qobiliyati, qo‘yilgan muammolarni tez anglash, insonning ilgari his etgan hamda tasavvur qilgan barcha narsalarni esda saqlash layoqati
va mezonlariga e’tibor qaratiladi.Maqsadlarimiz:✔ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkilot tarbiyalanuvchilarining psixologik holatini o‘rganish orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;✔ Ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda “Psixologik maslahat” xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;✔ Kasbiy sohalarga yo‘naltirilgan dasturlar va ilg‘or pedagogik usullar orqali psixologiya ta’limi sifatini oshirish.✔
✔ Ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirish – amaliy psixologiya hamda psixologik tadqiqotlar bo‘yicha innovatsion markazga aylanish.