Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Kafedra nomi: “Umumiy pedagogika” kafedrasi.
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahar A.Temur ko‘chasi 107-uy, Bosh bino, 4-qavat, 404-xona. joylashuv Kafedraning tashkil etilgan yili va rivojlanish tarixi: “Umumiy pedagogika” kafedrasi 2020-yilda "Pedagogika" fakulteti tarkibidagi "Pedagogika va menejment" kafedrasidan "Umumiy pedagogika" nomi bilan ajrab chiqishi natijasida tashkil topgan. Institut rektorining 2020-yil 4-yanvardagi buyrug'iga asosan kafedra "Umumiy pedagogika" nomi bilan ataldi. Bugungi kunda kafedra 2 kurs pedagogika yo‘nalishi uchun mutaxassislik fanlari va barcha yo‘nalishlar uchun umumiy pedagogika va uzluksiz ta’limda tendensiyalar fanini o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
KAFEDRANING MAQSAD VA VAZIFALARIKafedraning missiyasi: “Umumiy pedagogika” kafedrasining asosiy vazifasi – zamonaviy pedagogik fan va innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va jamiyat uchun yetuk pedagoglarni tarbiyalashdan iborat.Maqsadlarimiz:✔ Kasbiy sohalarga yo‘naltirilgan dasturlar va ilg‘or pedagogik usullar orqali pedagogik ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.✔ Xalqaro hamkorlikni kengaytirish – pedagogika sohasidagi ilmiy jamoatchilik, xalqaro universitetlar va ta’lim loyihalari bilan hamkorlikni mustahkamlash. ✔ Ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirish – umumiy pedagogika, neyropedagogika va ta’lim innovatsiyalari bo‘yicha ilmiy markazga aylanish. ✔ Neyropedagogika va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish – neyrofidbek, raqamli ta’lim platformalari va interaktiv metodlardan foydalanish orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish.
Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun: