Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
AXBOROT – RESURS MARKAZIDAN FOYDALANISH QOIDALARI
Umumiy qoidalar:
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) demokratik insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik shaxsning erkin kamol topish prinsiplari asosida faoliyat yuritish.
1.2. ARM xizmatidan foydalanish bepul
ARMning asosiy vazifalari:
2.1. Universal axborot-resurslarning, milliy va xorijiy bosma audiovizual elektron nashrlar fondini shakllantirib, saqlab va ochib berish.
2.2. Foydalanuvchilarga boshqa OTM ARM dan hamda AKM kutubxonalaridan mavjud boshqa hujjatlarni olish imkoniyatlari yaratiladi.
Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari:
3.1. ARM fondidan istalgan adabiyotlarni vaqtincha foydalanish uchun olinadi, shuningdek boshqa AKMdan adabiyotlarni bosma yoki elektron nusxadagi adabiyotlarni etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olishlari mumkin;
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadir:
-bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalaniladi;
-ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashadi;
-foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport) talabalar uchun talabalik guvohnomasini, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etish hamda “Kitobxonlik guvohnomasini ” ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
3.3. Fuqoralar pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda o’quv zalida foydalanadilar.
3.4. Qimmatli nashrlar hamda adabiyotlar , shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
3.5. Foydalanuvchilar ARMdan olgan xujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishlari shart.
3.6. Foydalanuvchi adabiyotlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
3.7. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
3.8. ARM fondidan olingan adabiyotlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) adabiyotlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini belgilangan miqdorda to‘lashi shart.
3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
3.10. Kitobxonlar ARM binosida tartib va tinchlikni saqlashga rioya qilishlari shart. O’quv zalida ortiqcha yurish, stol atrofida ko‘pchilik bo‘lib suhbat qurish taqiqlanadi.
3.11. Kitobxonlar kitobxonlik guvohnomalarini boshqa shaxslarga berish va o‘zgalarning kitobxonlik guvohnomalaridan foydalanish huquqlariga ega emas. Ushbu qoida buzilgan taqdirda kitobxonlar ARM ma’muriyati tomonidan belgillangan tartibda jazoga tortiladi .
3.12. Kitoblarni berilgan muddatda topshirmagan hamda o‘quv zalidagi adabiyotlar va boshqa hujjatlarni olib ketgan kitobxonlarga 1 oy muddatga ARMdan foydalanish taqiqlanadi.
3.13. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar yozgi ta’tilga chiqishdan oldin kutubxonadan olingan barcha adabiyotlarni topshirishlari shart. Kitoblarni topshirmagan kitobxonlarga kesgin chora ko‘riladi.
Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari
4.1. ARM fondlaridagi adabiyotlar va materiallarning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofik hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; shu jumladan elektron katalogni yuritish;
4.2. Foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash.
4.3. Foydalanuvchilarning istaklarini o‘rganish va to‘la qondirish.
4.4. Kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan muloqotda bo‘lish.
4.5. Foydalanuvchilarga ARM axborot resurslaridan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratish.
4.6. Foydalanuvchilarning so‘rovlarini o‘rganish va maksimal darajada amalga oshirish.
4.7. Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, zarur adabiyotlar va materiallarni qidirish hamda olishda yordam ko‘rsatish.
4.8. ARMning ijobiy imiji yaratilishiga ko‘maklashish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularning istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil etish.