Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun va “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi – yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti (keyingi o‘rinlarda boshlang‘ich tashkilot deb yuritiladi) Ittifoqning maqsad-vazifalarini oliy ta‘lim muassasasi miqyosida amalga oshiradigan, ta’lim muassasalaridagi talabalar va yosh o‘qituvchilarni o‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.
3. Boshlang‘ich tashkilot oliy ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalariga xayrixoh bo‘lgan kamida besh nafar yoshlarning tashabbusi bilan tuziladi hamda Ittifoqning mahalliy kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
4. Boshlang‘ich tashkilotlar oliy ta’lim muassasalarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini amalga oshiradi.
5. Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlar o‘zlari joylashgan hududdagi Ittifoqning mahalliy kengashlariga birlashadi.
6. Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchisi va yetakchilar kengashi faoliyat yo‘nalishi, qiziqishi hamda yoshlarning talab-istaklaridan kelib chiqqan holda, Ittifoqning mahalliy va hududiy kengashlari qoshida o‘z tashkilotlari (uyushmalar, markazlar, klublar, to‘garaklar, va boshqalar)ni tuzish tashabbusini bildirishi yoki mavjud tashkilotlarga ixtiyoriy qo‘shilishi mumkin.
7. Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishli mahalliy kengashlari hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
8. Boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi, oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari.
9. Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.
10. Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: