Sahifa yuklanmoda iltimos kuting...
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxodir Eshchanov rahbarligida “Ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida ishtirok etishning dolzarb vazifalari, imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar” mavzusida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan ushbu muloqotda Universitet kafedra mudirlari, ilmiy loyiha rahbar va ishtirokchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda Biologiya fanlari doktori, professor Vohid Fayziyev tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga buyurtmani shakllantirish va amalga oshirishga qo‘yiladigan umumiy talablar, xalqaro ilmiy loyiha tanlovlari va ularni qo'lga kiritish yo'llari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ushbu mazmunli muloqot tizimli davom etish istagini bildirdilar.